Ronaldu qimmatbaho avtomobil sotib oldi
Sport
−
07 may 9386 1 daqiqa
“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qiymati 1,32 million dollar avtomobil sotib oldi. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu eksklyuziv model “Refined Marques” tomonidan maxsus modifikatsiya qilingan bo‘lib, qiymati taxminan 1,32 million dollarga baholanmoqda.
Avtomobil juda cheklangan seriyada ishlab chiqarilgan — butun dunyo bo‘ylab atigi 20 dona mavjud. Ronalduning buyurtmasi esa o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi: mashina “Al-Nasr” klubining sariq va ko‘k ranglarida bezatilgan hamda eshik tokchalariga “CR7” yozuvi tushirilgan.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda. 41 yoshli Ronaldu joriy mavsumda Saudiya Pro-ligasida 25 ta golga mualliflik qildi.
Live
Barchasi