Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi

Sport

−

image

Kecha, 20 yanvar kuni Turinning "Yuventus" klubi Italiya Superkubogi doirasida "Napoli"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni ochdi. 

Bu Ronalduning karerasidagi 760-gol edi, shundan so‘ng u futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. 

Bungacha gollar soni bo‘yicha mutlaq rekord chexiyalik hujumchi Yozef Bitsanga tegishli edi. U 1931-1955 yillar davomida 759 ta gol urgan. 

Ronaldu butun faoliyati davomida 1036 ta uchrashuv o‘tkazgan va ularda 760 ta gol urgan. 

U "Sporting", "Manchester Yunayted","Real" va "Yuventus" klublarida hamda Portugaliya terma jamoasida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

635

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing