Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashi aytildi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu 2027 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Yakobs o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu va “Al-Nasr” o‘rtasidagi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish rejalashtirilmayapti. Shu sababli, portugaliyalik futbolchi 42 yoshga kirganida faoliyatini yakunlashga qaror qilishi ehtimoli bor.

Qayd etilishicha, Ronaldu bir necha bor faoliyatidagi asosiy maqsadi 1000 ta gol urish ekanini ta’kidlagan. Hozirda uning hisobida 960 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda. Joriy ichki chempionatda u 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida yaqin kelajakda faoliyatini tugatishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing