Ronaldu faoliyatidagi 980-golini urdi

Sport

−

image

Kecha, 9 oktyabr kuni besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Diriya”ga qarshi uchrashuvda “Al-Nasr” safida gol urib, professional faoliyatidagi gollari sonini 980 taga yetkazdi.

Portugaliyalik hujumchi uchrashuvning 23-daqiqasida hisobni ochdi. Shundan so‘ng, mezbonlar 35- va 77-daqiqalarda yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Natijada “Al-Nasr” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Avvalroq, Ronaldu terma jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etgan edi. Futbolchining aytishicha, bunga bosh murabbiy Jorje Jezush unga bergan va’dalarini ikki marta bajarmagani sabab bo‘lgan.

Ronaldu Millatlar ligasining yangi mavsumida Uelsga qarshi kechgan va 1:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) zaxirada qoldirilgan. Futbolchining ta’kidlashicha, dastlab u mazkur o‘yinda ishtirok etishi rejalashtirilmagan, ammo murabbiy undan 30 daqiqa o‘ynashga tayyor turishni so‘ragan. Shunga qaramay, Ronaldu o‘yinga tushirilmagan.

41 yoshli Ronaldu besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi hisoblanadi. U milliy terma jamoalar, Yevropa chempionatlari va Chempionlar ligasidagi gollari bo‘yicha qator rekordlarga ega.

Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida klublar safida 834 ta, Portugaliya terma jamoasida esa 146 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing