Ronaldu eng qimmat xaridini oshkor qildi
Sport
−
06 noyabr 5347 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Pirs Morganga bergan so‘nggi intervyusida o‘zi sotib olgan eng qimmat buyum haqida gapirdi. Intervyuda Ronaldu eng qimmat xaridi 13 yil avval sotib olgan samolyoti ekanligini ma’lum qildi.
“Eng qimmat narsa? Samolyot. Global Express. Uni 13 yil avval olganman, o‘tgan yili yangisini sotib oldim, biroz qimmatga tushgan”, deydi Ronaldu.
Ronaldu yoshligida qimmat avtomobillarni va hashamatli narsalarni yoqtirganini aytib, hozirda pul u uchun unchalik muhim emasligini, biroq xavfsizlik sababli samolyotdan foydalanishi zarurligini ta’kidladi.
“Men oddiy odam emasman. Aeroportlarda yurishim qiyin. Shu bois samolyot men uchun zarurat”, deydi u.
Ronaldu suhbat chog‘ida faoliyati davomida milliard dollarlik daromadga ega bo‘lganini tasdiqladi.
“Men qancha pulim borligini aniq bilmayman, lekin ko‘p. Milliarder bo‘lish mening asosiy maqsadlarimdan biri edi. Futboldagi yagona milliarder bo‘lishim meni ajablantirmaydi, chunki raqamlar yolg‘on gapirmaydi”, deydi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning boyligi 1,4 milliard dollar deb baholanib, futbol tarixidagi birinchi milliarder sifatida qayd etilgan edi.
Live
Barchasi