Ronaldu dunyoning eng yaxshi klubi qaysi ekanini aytdi

Sport

image

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha o‘ynagan “Real Madrid”ni futbol tarixidagi eng yaxshi klub hisoblaydi. Bu haqda futbolchining o‘zi shaxsiy YouTube kanalidagi videolaridan birida aytib o‘tdi.

“Real” kuchli jamoa bo‘lib ko‘rinadi. Bu jamoa bosim ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Ko‘pchilik “Real”ni Yevropa Chempionlar ligasida omadli jamoa deb aytadi. Yo‘q, ular omadlimas, “Real” haqiqatdan ham o‘ziga xos xarakterga ega jamoa. “Santyago Bernabeu”da boshqacha aura va energiya bor. Men uchun bu futbol tarixidagi eng yaxshi klub”, deydi Ronaldu.

Shuningdek, Krishtianu “Real”ga o‘tganini eslab, jamoaning yetakchisiga aylanib olishi oson kechmaganini bildirdi.

“Transferdan oldin bosimga bardosh bera olishimni bilardim. Men o‘z mahoratim, kuchim va iste’dodimga ishondim. Bu oson bo‘lmadi, chunki  boshqa davlat, men endigina 24 yoshda edim. “Real Madrid” dunyoning eng yaxshi klubi. “Manchester Yunayted”da bo‘lgani kabi, bu klubda ham tarix yozaman, degandim. “Real” men uchun juda katta sinov bo‘ldi va men “qirollik klubi”da o‘ynaganimdan xursandman”, deydi Ronaldu.

Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu yaqinda rasmiy o‘yinlarda 901 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Ronaldu “Sporting”da 5 ta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta, “Al-Nasr”da 68 ta va milliy terma jamoaga 132 ta to‘p kiritgan. Hujumchi futbol, ​​milliy terma jamoalar, Yevropa chempionati, Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing