Ronaldu buyog‘iga aqlini ko‘proq ishlatadi – Tisseran 

Sport

image

“Al-Ittihod” himoyachisi Marsel Tisseran Saudiya Arabistoni kubogi yarim finalida “Al-Nasr”ga qarshi bahs oldidan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar berdi.

“Ronaldu o‘z ustida tinimsiz ishalyotganini ko‘ryapmiz. Ammo hozir uning oyoqlari 20 yoshli yigitnikiday emas. Endi unga jamoadoshlari ko‘proq kerak. Bundan buyog‘iga futbolchi aqlini ko‘proq ishlatadi, harakatlariga va vaziyatni his qilishga ko‘proq e’tibor beradi. O‘ylaymanki, u tezda Saudiya Arabistoni chempionatiga moslashib ketadi”,  deydi Tisseran.

Ronaldu 22 yanvar kuni “Al-Nasr”da debyut o‘yinini o‘tkazdi. Saudiya Arabistoni chempionati 14-turida “Al-Nasr” o‘z uyida “Al-Ittifoq”ni qabul qilib kichik hisobda g‘alabaga erishdi. 

Ma’lumot uchun, “Al-Nasr” – “Al-Ittihod” uchrashuvi bugun, 26 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Tisseran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing