Ronaldu avvalroq ketgani ma’qul edi – “Yuventus” sardori

Sport

image

Italiya terma jamoasi va “Yuventus” sardori Jorjo Kellini portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, 36 yoshli futbolchining Turin klubidan ketishi jamoaga sezilarli ta’sir o‘tkazgan.

“Biz shunday darajaga yetdikki, Krishtianu o‘ynashi uchun yangi maqsadlar va yangi jamoaga muhtoj edi. Qachonki u shunday jamoani topsa, bu hal qiluvchi omilga aylanadi. U buni “Manchester Yunayted”da allaqachon isbotladi. Yuventus”da yoshartirish davri boshlandi. Agar Ronaldu klubda qolganida, u qo‘shimcha qiymatga aylangan bo‘lardi. Uning kelajak haqida emas, buguni haqida kpo‘proq qayg‘urishi odatiy holdir. Usiz bir nechta o‘yinlarda muhim ochkolarni yo‘qotdik. Krish 28 avgustda jamoadan ketdi, agar “Keksa sinora”ni oldinroq tark etganida yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga ulgurgan bo‘lardik”.

Avvalroq, italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano o‘zi tuzgan futbol tarixidagi eng yaxshi beshta futbolchi ro‘yxatida Ronalduning nomi yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, MYU futbolchisi Krishtianu Ronaldu YeCHL 3-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi uchrashuvning 81-daqiqasida gol urib jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Yuventus Ronaldu Italiya K'ellini Kassano

Baholaganlar

382

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing