Ronaldu Avstraliya klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Avstraliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Yahoo Sports" nashri xabar berdi.

“Ronalduni Avstraliyaga olib kelishga qiziqish bildirganimiz rost. Shubhasiz, bu qiyin masala, lekin bizda ko‘rib chiqishga arziydigan taklif bor", deydi Avstraliya Futbol Ligasi bosh direktori Denni Taunsend.

Ma’lumot o‘rnida, Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Nani Avstraliya chempionatida to‘p suradi.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" 37 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchiligi ma’lum bo‘lgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusidan so‘ng uning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan klublar soni yanada oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

101

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing