Ronaldu “Ash-Shabab”ga gol urgach, sajda qildi (video)

Sport

image

Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turida “Al-Nasr” - “Ash-Shabab” o‘yini 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining 3-golini kiritib, riyodliklarga muhim 3 ochko keltirdi.

E’tiborlisi, Ronaldu gol urgach, golni nishonlash chog‘ida jamoadoshlarini quchoqlab oldi. Biroz o‘tgach, u jamoadoshlari orasida sajda qildi. Holatga guvoh bo‘lganlar Krishtianuni olqishladi.

Ronaldu golini nega bunday nishonlagani hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi bahsdan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Hujumchi Saudiya chempionati bosqichma-bosqich dunyoning kuchli besh ligasidan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Ash-Shabab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing