Ronaldu Argentina va FIFA tanqid qilingan postga layk bosdi
Sport
−
21 iyul 2323 1 daqiqa
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu FIFA va Argentina terma jamoasi haqidagi tanqidiy fikrlar bildirilgan ijtimoiy tarmoqdagi postga layk bosdi.
Gap Ispaniyaning “Espejo Público” teleko‘rsatuvining Instagram sahifasida e’lon qilingan video haqida ketmoqda. Unda jurnalist Pilar Rodriges Argentina va Angliya o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalidan (2:1) keyin o‘z fikrlarini bildirgan.
Jurnalistning bildirishicha, Argentina FIFA yordamisiz turnirning dastlabki bosqichlaridayoq musobaqani tark etishi kerak edi. Shuningdek, u FIFA’ni “dunyodagi eng korrupsiyalarga tashkilotlardan biri” deb atagan.
Mazkur videoga Krishtianu Ronalduning layk bosgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi joriy yilning 6 iyul kuni Jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi. 19 iyul kuni esa Ispaniya terma jamoasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Live
Barchasi