Ronaldu APLda aprelning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Angliya Premer Ligasida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi taqdirlandi. Bu haqda APL rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, “Bernli” ustozi Maykl Jekson Premer liganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi, deb topilgan.

“Bernli” aprel oyida Maykl qo‘li ostida uchta g‘alabaga erishgan. “Bernli” tomonidan“Sautgempton” (2:0), "Vulverxempton" (1:0) va "Uotford" (2:1) taslim qilingan. Shuningdek, "Vest Xem" (1:1) bilan durang natija qayd etilgan.

Oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga Jeksondan tashqari,  “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola va “Brentford” ustozi Tomas Frank da’vogarlik qilgan edi.

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu esa Premer ligada oyning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etilgan

Portugaliyalik forvarddan tashqari, Kevin de Bryuyne, Gabriel Jezus (ikkalasi ham “Manchester Siti”), Leandro Trossard (“Brayton”), Tiago Alkantara (“Liverpul”), Son Xyon Min (“Tottenxem”), Bruno Gimaraysh (“Nyukasl”) va Natan Kollinz (“Bernli”) kabi futbolchilar ham aprel oyida eng yaxshi bo‘lishga da’vogar edi.

Ma’lumot uchun, mart oyida “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn eng yaxshi futbolchi, deb topilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

15

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing