Ronaldu amerikalik bolalarga o‘z imzosi tushirilgan futbolkalar yuboradi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yangi yil bayrami uchun bolalarga imzosi tushirilgan futbolkalar yuboradi. Ya’ni Krish amerikalik qo‘shiqchi Pinkning xayriya tadbirida ishtirok etishga rozi bo‘lgan.

“Salom Krishtianu! Bu yil men bir qancha bolalar uchun Rojdestvoga homiylik qilaman. Ular sening futbolkalaringdan boshqa hech narsani xohlamaydilar. Ularning orzularini ro‘yobga chiqarishga qaror qildim. Menga bolalarning hayotini o‘zgartirishda yordam bera olasanmi? Bilaman, sen doimo ajoyib ishlarni amalga oshirgansiz”, deya yozgan Pink o‘z Twitter sahifasiga.

Bu so‘rovga Ronaldu darhol javob qaytargan va rozilik bergan:

“Salom, Pink, men sizlarga yordam bera olishimdan xursandman. Bolalar uchun bir nechta dastxatim tushirilgan liboslarni yuboryapman, muammo yo‘q. Buni amalga oshirayotganing ajoyib!”. 

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi UEFA Chempionlar ligasi bir mavsumida 3 o‘yinda g‘alaba golini urgan birinchi futbolchiga aylangan edi. Bunga qadar hech kim ushbu natijaga erisha olmagan. U “Vilyarreal”ga qarshi dastlabki bahsning 95-daqiqasi (3:2) va ikkinchi uchrashuvning 78-daqiqasida (2:0), shuningdek, “Atalanta” bilan o‘yinning 81-daqiqasida (3:2) g‘alaba golini kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh EChL MYu Ronaldu Pink Ronaldu futbolkalar

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing