Ronaldu “Al-Nasr” rahbarlari bilan uchrashdi
Sport
−
10 Oktabr
2191“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Riyod klubining rahbarlari bilan uchrashib, o‘zining klubdagi kelajagini muhokama qildi. Bu haqda futbol jurnalisti Rudi Galetti o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu bilan yangi kelishuv shartlari muhokama qilingan yig‘ilishda Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi vakillari ham ishtirok etgan. Tomonlar yaqin orada amaldagi shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilishiga ishonchlari komil.
Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr”da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu yana bir tarixiy natija qayd etib, yuqori darajadagi 600 ta o‘yinda gol urgan birinchi futbolchiga aylangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi