Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etishi mumkin – OAV
Sport
−
13:46 496 1 daqiqa
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda saudiyalik jurnalist Saud Al-Sarami ma’lum qildi.
“Men Ronaldu yanvar oyida “Al-Nasr”ni tark etishiga ishonaman”, deydi saudiyalik jurnalist Saud As-Sarami.
41 yoshli hujumchining faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum emas. Hozircha bu faqat jurnalistning shaxsiy fikri bo‘lib, Ronalduning klubdan ketishi yoki boshqa jamoaga o‘tishi bo‘yicha kelishuv mavjudligini tasdiqlamaydi.
Mazkur xabar Saudiya klubi uchun murakkab davrga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning 15 sentyabr kuni “Al-Nasr” Osiyo chempionlar ligasidagi mavsumni “Al-Ayn”ga qarshi safar uchrashuvida 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Ronaldu bahsda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
Ronalduning yanvar oyida klubni tark etishi ehtimoli “Al-Nasr” uchun jiddiy masala bo‘lishi mumkin. Chunki portugaliyalik hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu hozirda o‘zi to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini sotib olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr