Ronaldu “Al-Nasr” mashg‘ulotlariga qaytdi

Sport

image

Avvalroq, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” bilan yuzaga kelgan noroziliklardan so‘ng Saudiya Arabistonini tark etgan edi. Endi esa Ronaldu klub mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Portugaliyalik futbolchi “Al-Nasr” mashg‘ulotlaridan olingan suratni Instagram sahifasiga joylab, klub ranglaridagi yurak shaklidagi emojilarni ham qo‘shgan.

Shu tariqa Ronaldu “Al-Nasr” mashg‘ulotlarini boykot qilayotgani hamda klubni tark etmoqchi ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. 

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Nasr” klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu jamoaning hozirgi holatidan noroziligi sabab Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing