Ronaldu 2010 yildagi antirekordini takrorladi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2010 yildagi antirekordini takrorladi. Bu haqda “Sky Sports Statto” xabar bermoqda.

Futbolchi o‘zining eng yomon golsiz seriyasini takrorladi. Ketma-ket beshta o‘yinda Ronaldu raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olmadi. U oxirgi marta o‘tgan yilning 30 dekabrida “Byornli”ga qarshi o‘yinda gol urgan.

Bunday golsiz seriya oxirgi marta 2010 yilda sodir bo‘lgandi. O‘shanda futbolchi “Real”da o‘ynagan va maydan sentyabrgacha beshta o‘yinda ham gol ura olmagan.

9 fevral kuni “Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasining (APL) 24-turi doirasida “Bernli”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Portugaliyalik futbolchi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 68-daqiqada maydonga tushdi.

Yanvar oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik APL doirasida “Brentford”ga qarshi o‘yinda Ronalduni almashtirganidan so‘ng, ranjigani xabar qilingan edi. Futbolchi o‘ziga berilgan kurtkani yerga tashlagan va skameyka yonidagi zinapoyaga o‘tirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made