Ronaldo “Oltin to‘p” uchun Benzema variantini ilgari surmoqda

Sport

image

“Real” sobiq futbolchisi va ayni damda “Valyadolid” klubi xo‘jayini hisoblangan Ronaldo Nazario “Oltin to‘p”ni madridliklar hujumchisi Karim Benzemaga berish kerakligini aytib o‘tdi. Bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Albatta, “Oltin to‘p” uchun mening nomzodim – Benzema. U so‘nggi o‘n yil davomida aql bovar qilmas darajada o‘yin ko‘rsatgan eng yaxshi hujumchi va haqiqiy chempion sanaladi”, deydi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, “France Football” nashri yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 30 futbolchi nomini e’lon qilgan edi. Ro‘yxatda Karim Benzema (“Real”), Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”), Erling Xoland (“Borussiya”), Jorjino (“Chelsi”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi (PSJ) kabi futbolchilar nomi keltirilgan.

Ma’lumot uchun, “So‘yloq tish” Ronaldo faoliyati davomida ikki marta (1997, 2002) “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Oltin to'p Ronaldo Benzema

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing