Ronaldinoda koronavirus aniqlandi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi tarkibida 2002 yil jahon chempioni bo‘lgan. Ronaldino koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bu haqda u Instagram’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

"Men test topshirdim va uning javobi ijobiy chiqdi. Menda hammasi yaxshi, kasallik alomatlari yo‘q”, deb yozadi 40 yoshli Ronaldino.

Ronaldino Braziliyaning “Gremio”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, Fransiyaning “Pari Sen-Jermen”, Ispaniyaning “Barselona”, Italiyaning “Milan”, Meksikaning “Keretaro” jamoalarida to‘p surgan. Yarim himoyachining so‘nggi klubi 2015 yilda faoliyat yuritgan Braziliyaning “Fluminense” jamoasi bo‘ldi.

Futbolchi Braziliya terma jamoasi tarkibida 2002 yilgi jahon chempioni, Amerika kubogi, Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi va 2008 yilgi Olimpiadaning bronza medali sohibi bo‘ldi. Umumiy hisobda u terma jamoa safida 97 uchrashuv o‘tkazgan va 33 gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldin'o koronavirus

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing