Ronaldino Qirg‘izistonga bormaydi

Sport

image

Jalolobodda ochilayotgan “Barselona” futbol akademiyasi ochilishi fonida tashkil etilayotgan o‘yinda Ronaldino ishtirok etmaydi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sobiq futbolchining ismi 12.55 da “Manas” aeroportiga qo‘ngan reys yo‘lovchilari ro‘yxatida mavjud emas. 

Hozirda “Barselona” prezidenti Joan Laporta boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi. Bugun, 29 avgust kuni Jalolobodda Kataloniya klubi akademiyasi ochiladi. 30 avgust kuni esa Ispaniya klubi yulduzlari va Markaziy Osiyo futbolining yorqin vakillari ishtirokida futbol o‘yini tashkil etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldinoga firibgarlik bilan bog‘liq ishlari uchun Braziliyadan chiqib ketishi taqiqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Barselona Ronaldin'o Joan Laporta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made