“Roma” va Shomurodov Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi

Sport

image

Kecha, 25 may kuni Albaniya poytaxti Tiranada Yevropa Konferensiyalar Ligasining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Final bahsida Italiyaning “Roma” va Niderlandiyaning “Feynoord” jamoalari bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Rim klubi 32-daqiqda Nikolo Zanolo tomonidan kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va Yevropa Konferensiyalar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati shundaki, rimliklar tarkibida o‘yinning 89-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Temmi Abrahamning o‘rniga maydonga tushdi. Shu tariqa Eldor yerokuboklarda zafar quchgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Eldordan oldin, bunday natijaga Vitaliy Denisov erishgan edi. Vitaliy 2004 yilda Rossiyaning SSKA klubi tarkibida UEFA kubogi g‘olibliga aylangan edi. Biroq Denisov “armiyachilar” safida bironta o‘yinda maydonga tushmagan. Shomurodov esa Yevropa Konferensiyalar ligasida, “Roma” tarkibida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Shuningdek, “bo‘rilar”ning portugaliyalik ustozi Joze Mourino Yevropaning klublar miqyosidagi 3 ta eng yirik musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ilk murabbiyga aylandi.

Ya’ni portugaliyalik mutaxassis hisobida 2 ta Yevropa Chempionlar ligasi (“Portu” va “Inter” bilan qo‘lga kiritgan), Yevropa ligasi (“Manchester Yunayted”) va Yevropa Konferensiyalar ligasining  (“Roma”) sovrinlari bor.

YeKL. Final

Roma — Feyenoord 1:0

25 may. Albaniya. “Eyr Albaniya”

Gol: Zanolo (32).

Roma — Patrisiu, Manchini, Ibanes, Smolling, Kristante, Pellegrini, Mxitaryan (Oliveyra, 17), Zalevski (Spinatssola, 67), Karsdorp (Vinya, 89), Dzanolo (Veretu 67), Abraham (Shomurodov, 89).

Feyenoord — Beylo, Malasia (Jahonbaxsh, 89), Senesi, Trauner (Pedersen, 74), Gertryuyda, Ko‘kchi (Volemark, 88), Eursnes, Til (Tornstra, 59), Sinisterra, Nelson (Linssen, 74), Dessers.

Ogohlantirishlar: Trauner (25), Pellegrini (37), Zalevski (67), Patrisiu (84), Spinatssola (90+4).


Maqola muallifi

Teglar

Roma

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing