“Roma” o‘z tarixida ikkinchi marta Yevropa ligasi kubogini qo‘lga kirita olmadi

Sport

image

Joriy mavsum Yevropa ligasining so‘nggi o‘yinida “Roma” “Sevilya”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv Budapeshtdagi “Pushkas Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi va ispan klubining g‘alabasi bilan yakunlandi (1:1 – asosiy vaqt, penaltilar seriyasida 4:1).

“Roma” ilk bor 1990/1991 yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida o‘ynagan. O‘shanda Ottavio Byanki boshchiligidagi jamoa “Inter”ga umumiy 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

“Sevilya” o‘z navbatida tarixda yettinchi marta Yevropa Ligasi (UEFA kubogi) bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Jamoa bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Jamoa oxirgi marta 2019/2020 yilgi mavsumda turnir g‘olibiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Sevil'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing