“Roma” Shomurodovning asosiy raqobatchisini sotmoqchi
Sport
−
14 iyun 2025 9626 1 daqiqa
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p suradigan Italiyaning “Roma” klubi jamoaning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbikni transferga qo‘ydi. Bu haqda “Calcio in Pillole” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Rim klubining yangi bosh murabbiyi Jan Perro Gaspirini 27 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti. Murabbiy hujum chizig‘i futbolchilaridan ko‘proq harakatchanlik va pressingda faol ishtirokni kutmoqda.
Transfer borasida Bundesliga va Premer-liga klublari bilan dastlabki aloqalar o‘rnatilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Dovbik A Seriyada “Roma”ning eng yaxshi to‘purariga aylangan – u 32 o‘yinda 12 ta gol urgan. Dovbik o‘tgan yili Rim klubiga o‘tishdan avval Ispaniyaning “Jirona” jamoasida to‘p surgan va 2023/24-yilgi mavsumda La Ligada 36 ta o‘yinda 24 ta gol kiritgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025