“Roma”da Shomurodovga raqobatchi paydo bo‘ldi, u YeCHLda zafar quchgan

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Temmi Abraham Rimning “Roma” jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun rimliklar turli bonuslar bilan birga 40 million yevro to‘laydi. Shu bilan birga, London klubi 2023 yil iyunidan boshlab Abrahamni 80 million yevroga qayta sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Hujumchi bugun Rimga yetib keladi va “bo‘rilar” bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi. Uning maoshi tahminan 4-5 million yevro atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bilan 2026 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzolagan edi. Rimliklar futbolchi uchun 17,5 million yevro sarf qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Roma Eldor Shomurodov Temmi Abraham

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing