Rolls-Royce ish vaqti va ish haqini qisqartirmoqchi
Olam
−
28 Oktabr 2020 4403 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning lyuks klassdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi zavodlaridagi ishni to‘xtatishi, ish vaqti va ish haqini qisqartirishi to‘g‘risida xodimlarini ogohlantirdi. Bu haqda "Financial Times" ma’lumot berdi.
Koronavirus pandemiyasi natijasida kompaniya mahsulotlariga talab keskin tushib ketgan. Shu sababli Rolls-Royce xarajatlarini kamaytirish maqsadida yuqoridagilarni amalda qo‘llashi mumkin.
Kompaniya yaqin haftalarda xodimlarga qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytgan.
Hozircha kompaniya ishdan bo‘shatish haqida reja tuzmayapti. Rolls-Royce oxirgi marta joriy yilning may oyida 9 mingta xodimini ishdan bo‘shatgandi.
Ma’lumot uchun, kecha, 27 oktyabr kuni Rolls-Royce aksiyalarining 2,4 foizini yo‘qotdi. Joriy yil boshidan buyon kompaniyaning kapitallashuvi 67,7 foizga kamaygan va u hozirda taxminan 4,4 milliard funt sterlingni tashkil etmoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr