Rodrigoga Saudiya klubi katta maosh taklif qildi
Sport
−
11 fevral 2025 2672 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigo Goyes Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Hilol” braziliyalik futbolchiga 140 million yevro maosh taklif qilmoqda, biroq Rodrigo Madridni tark etish niyatida emas.
“Men takliflar haqida ko‘p narsa bilmayman, mening agentim bo‘lgan otam bilishi kerak. Madridda juda baxtliman. Men juda xursandman va bu yerda uzoq yillar qolishni istayman va klubdan minnatdorman. Klubda takliflar bor yoki yo‘qligini bilmayman”, deydi Rodrigo.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” ustozi Karlo Anchelotti klub hujumchilaridan, jumladan Rodrigodan ham norozi ekanligi xabar qilingandi.