Rodrigo bir shart evaziga “Real”da qolmoqchi
Sport
−
01 may 9339 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi vingeri Rodrigo Goyes ispan klubini tark etishga qaror qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “Real”da o‘zi munosib e’tirof ololmayapti, deb hisoblamoqda, chunki barcha e’tibor boshqa hujumkor yulduzlar – Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingemga qaratilgan.
Qayd etilishicha, Rodrigo klubda qolishi mumkin bo‘lgan yagona shart – bu Xabi Alonsoning bosh murabbiy etib tayinlanishi. Agar Alonso 24 yoshli braziliyalik futbolchidan qolishni so‘rasa, vinger shoshilinch transferni talab qilmaydi.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha turnirlarda 51 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining bahosi 100 million yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi