Rodri “Real”ga o‘tish-o‘tmaslik borasida pozitsiyasini bildirdi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri hozircha Madridning “Real” klubiga o‘tishni rejalashtirmayapti. Bu haqda futbolchi “Todofichajes”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Hozir men Angliyadagi hamma narsadan mamnunman. Men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynayman va hali uch yillik kelishuvim bor, lekin vaqti kelganda kelajagim haqida o‘ylayman. Ispaniya mening mamlakatim, Madrid esa ona shahrim”, deydi Rodri.

Futbolchining “Manchester Siti” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroni tashkil etadi, o‘tgan mavsumda Rodri Angliya chempionati, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Yevropa superkubogida g‘olib chiqdi, yozda esa Ispaniya terma jamoasi safida Yevro-2024'da oltin medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Rodri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made