Rodri “Real”ga o‘tish niyatida emas

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodrini sotib olmoqchi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq u boshqa klubga o‘tish niyatida emas.

O‘tgan yilning sentyabr oyida yarim himoyachi xochsimon paylarining shikaslanishi ortidan uzoq muddatga safdan chiqqandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda uchta o‘yin o‘tkazdi.

Futbolchining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Rodri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing