Rodri “Oltin to‘p” uchun kimga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 noyabr 2024 12148 1 daqiqa
“Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri “Oltin to‘p” sohibi uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zini 1-o‘ringa qo‘ygan. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, u o‘z reytingida ikkinchi o‘ringa “Real” himoyachisi Dani Karvaxal joylashtirgan. “Qaymoqranglilar” vingeri Vinisius Juniorni esa 3-o‘rinda qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Rodri 2008 yildan beri Angliya Premer-ligasi klublaridan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Ovoz yig‘ishda “Real” hujumchisi Vinisius Junior 2-o‘rinni egalladi. “Qirollik klubi” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem esa 3-o‘rinda qayd etildi. Kuchli beshlikka himoyachi Daniel Karvaxal (“Real”) va hujumchi Erling Xoland (“Manchester Siti”) kirdi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr