Rodri “Barselona”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining roziligini oldi va yaqin kunlarda ingliz klubiga rasmiy taklif yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “CadenaSER” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jahon chempioni bo‘lgan ispaniyalik futbolchi “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan suhbatlashgan. Uchrashuvdan so‘ng Rodri kataloniyaliklar safiga qo‘shilishga tayyor ekanini bildirgan.

Qayd etilishicha, “Barselona” transferni imkon qadar tezroq yakunlashni maqsad qilgan. Klub avvalroq ushbu transfer uchun taxminan 50 million yevro ajratgan bo‘lib, kelishuvdagi asosiy masala futbolchining qarori edi.

Endi kataloniyaliklar ham Rodri, ham “Manchester Siti” bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rodri 2019 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelmoqda. U Angliya klubiga “Atletiko Madrid”dan 70 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” klubi ham Rodri transferiga qiziqish bildirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing