Rodri “Barselona” futbolchisi – Romano

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi Rodri faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi Rodri transferi uchun “Manchester Siti”ga umumiy qiymati 76,5 million yevro, ya’ni 65,3 million funt sterling to‘laydi.

Xabarlarga ko‘ra, 2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi 19 avgust kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadigan Joan Gamper kubogi o‘yinidan oldin Kataloniya klubi futbolchisi sifatida tanishtirilishi mumkin.

Rodri “Barselona”da uzoq muddatli jarohati sabab safdan chiqqan Frenki de Yongning o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” ham Rodri bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan edi. Ammo 30 yoshli yarim himoyachi “Barselona”ga o‘tishni tanladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing