“Roddom”da vafot etgan egizaklar o‘limi sababi aytildi 

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli D.Sh. (ayol) egizak homiladorlikning og‘ir asoratli kechishi tufayli poytaxtimizdagi 6-sonli tug‘uruq kompleksiga joriy yilning 4-11 aprel, 29 may-5 iyun va 13-17 iyun kunlari, uch marotaba yotqizilgan va homilaning surunkali tushish xavfi bilan davolangan.

Ayolda homilani saqlash bo‘yicha olib borilgan statsionar va ambulator muolajalarga qaramay, 22 iyun kuni to‘rtinchi marotaba tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi orqali ushbu tug‘uruq muassasasiga shoshilinch ravishda olib kelingan.

Unga 1-homiladorlik, egizak, erta tug‘uruqning boshlanishi, homila ichki infeksiyasi va kam suvlik tashxislari qo‘yilgan. 22 iyun kuni soat 21:45 da ayolda erta tug‘uruq kuzatilgan. Asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, chuqur asfiksiya, sust yurak urishi bilan 660 gramm og‘irlik, 33 santimetr uzunlikdagi qiz jinsli chaqaloq tug‘ilgan. Biroq shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasi muolajalari samara bermagan.

Ikkinchi qiz jinsli o‘lik chaqaloq 15 daqiqadan so‘ng asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, o‘lik homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi, 560 gramm og‘irlik, 31 santimetr uzunlik ko‘rsatkichlari bilan tug‘ilgan. Shundan so‘ng, yo‘ldosh gistologiya tekshiruviga yuborilgan.

Shuningdek, D.Sh.ning qarindoshlari tomonidan yozma ravishda imzolangan tilxatda tibbiyot xodimlariga e’tirozi yo‘qligi va patanatomik tekshiruvga qarshiligi to‘g‘risidagi qat’iy talabi tufayli o‘ta kam vaznli (660,0 va 560,0 gr) chaqaloqlarni ushbu tekshiruvdan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan. Ayol 2023 yil 23 iyun kuni qoniqarli ahvolda shifoxonadan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 avgust kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tibbiyot birlashmasida ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etgani haqida xabar berilgandi. Hozirda holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tug'uruqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing