Navoiy viloyatida ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
3-sahifa
−
03 avgust 2023
8909Navoiy viloyatidagi Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasida ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xatirchi tumani, “Xonaqa” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro S.X. tug‘uruqdan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshiruv harakatlari esa viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tug‘uruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha bayonot berib, ayol muassasaga olib kelinganida ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi