Risharlison “Tottenxem” tarkibidan chiqarildi
Sport
−
18:51 391 1 daqiqa
Londonning “Tottenxem” jamoasi hujumchisi Risharlison Angliya Premer-ligasining 2026-2027 yilgi mavsumi birinchi qismi uchun jamoa tarkibiga kiritilmadi. Bu haqda “The National” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchi Turkiya transfer oynasi yopilguniga qadar London klubini tark etishi mumkin. Unga “Trabzonspor” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi transferni amalga oshirish ustida ishlashda davom etmoqda, mamlakatdagi transfer oynasi bugun, 4 sentyabr kuni yopiladi.
“Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi avvalroq Risharlison bir necha bor klubni tark etmoqchi ekanini aytganini ma’lum qilgan edi.
Braziliyalik futbolchining sobiq klubi “Everton”ga qaytish varianti ham bor edi. Biroq Angliya klubi bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Ma’lumot uchun, Risharlison “Tottenxem” safida 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning jamoa tarkibidan chiqarilishi klub uni mavsumning birinchi qismida o‘z rejalariga kiritmayotganini ko‘rsatmoqda.
Live
Barchasi