Rimda AQSH-Eron muzokaralarining 2-raundi boshlandi (video)
Olam
−
19 aprel
1783Italiya poytaxti Rimda bugun, 19 aprel kuni AQSH va Eron o‘rtasida Tehron yadroviy dasturini hal qilish bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi boshlandi. Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi (IRIB) xabar berdi.
Maslahatlashuvlar Ummon elchisi qarorgohida o‘tkazilmoqda. Avvalroq Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Bag‘iy Italiya poytaxtida bilvosita muzokaralar Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy vositachiligida o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.
Bilvosita muzokaralarda qatnashish uchun bugun, 19 aprel kuni ertalab Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Rimga yetib bordi. Vazir italiyalik mavqedoshi Antonio Tayani bilan muzokara o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, 12 aprel kuni Ummonda Tehron va Vashington o‘rtasida Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun Maskat vositachi sifatida bilvosita muzokaralar o‘tkazilgandi. Eron tomonidan Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, AQSHdan esa Prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff ishtirok etdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv va tinch muhitda o‘tgan. TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Uitkoff va Aroqchi muzokaralar joyini tark etib, Ummon Tashqi ishlar vazirligi rahbari ishtirokida bir necha daqiqa suhbatlashgan.
LiveBarchasi