Rim Papasi Ozarbayjon va Armaniston yarashuvini olqishladi
Olam
−
10 dekabr 2023 4565 1 daqiqa
Rim Papasi Fransisk Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida o‘rnatilgan aloqadan xursand ekanini va yaqin orada tinchlik bitimi tuzilishidan umidvorligini bildirdi. U bu haqda an’anaviy yakshanba kungi ma’ruzasida aytib o‘tgan.
“Ko‘p sonli arman va ozarbayjon harbiylarining ozod etilganidan mamnunman. Men Armaniston va Ozarbayjon munosabatlari uchun buni ijobiy "signal" deb hisoblayman. Tomonlar va ularning yetakchilarini imkon qadar tezroq tinchlik bitimini tuzishga chaqiraman”, degan katolik cherkovi yo‘lboshchisi.
Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri devoni qo‘shma bayonot berib, bir qator kelishuvlarga erishilganini ma’lum qilgandi. Shu tariqa Ozarbayjon 32 nafar arman askarini, Armaniston esa o‘z navbatida 2 nafar ozarbayjonlikni ozod qildi.
Bundan tashqari, Armaniston BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiya (COP29) ishtirokchilarining 29-konferensiyasiga mezbonlik qilishi uchun Ozarbayjon nomzodi qo‘llab-quvvatlagancha o‘z xodimini qaytarib olgan edi. Ozarbayjon esa Armanistonning Sharqiy Yevropa guruhidan Konvensiya Byurosi a’zoligiga nomzodini qo‘llagan.
Ma’lumot uchun “Kavkazda tinchlikka kim qarshi?” mavzusidagi tahliliy videoni ham ko‘rishingiz mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025