Rim Papasi ilk bor Iroqqa tashrif buyurdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rim Papasi Fransisk, bugun 5 mart kuni Iroq poytaxti Bag‘dodga uch kunlik havoriylarning tashrifi bilan keldi. Bu haqda “Reuters” nashri yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Papa Fransisk Iroqning poytaxti Bag‘dodda shialarning ma’naviy yetakchisi buyuk Oyatulloh Ali Sistoniy bilan uchrashadi hamda urush va terrorizm qurbonlari uchun ibodat qiladi.

Xabarga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar va ehtiyot choralariga qaramay, Papa Fransisk jami 74 kishidan iborat jurnalistlarning har biriga alohida salom berish uchun kuzatuvchilar saloniga kelgan.

“Men karantin qoidalariga bo‘ysunishim kerak, shu sabab qo‘l uzata olmayman, lekin men (sizdan – tahr.) uzoqda turishni xohlamagan bo‘lar edim”, deydi Papa Fransisk minnatdorchilik bildirib.

Qayd etilishicha, Rim Papasi sayohatning barcha ishtirokchilari kabi Vatikanda koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan. Ushbu tadbir doirasida barcha himoya niqoblarida bo‘lgan. Muxbirlar Papa uchun kitoblar sovg‘a qilgan. Ispaniyalik jurnalist esa pontifikga uni qirollikda kutayotgan ispan bolalarining rasmlari tushirilgan albomni sovg‘a qilgan.

Rim Papasi pandemiya sabab davom etgan 15 oylik tanaffusdan so‘ng ilk xorijiy safarni Iroqqa amalga oshirdi. Pandemiyaga qadar Papa Fransisk chet davlatlarga tashrif bo‘yicha juda faol bo‘lgan. Faqatgina 2019 yilda u 7 dan ortiq davlatlarga tashrif buyurgan. Shuningdek Papa Fransisk o‘sha yilda BAAga qilgan tashrifi orqali Arabiston yarim oroliga qadam bosgan birinchi pontifikga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Rim Papasi

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing