RIA Novosti qovun tushirdi. Saytga kirish taqiqlandi

Olam

image

Ozarbayjonda RIA Novosti axborot internet resursiga kirish cheklandi. Bu haqda bugun, 4 iyun kuni Ozarbayjon Raqamli rivojlanish va transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Axborot internet-resurslariga kirishni cheklash Ozarbayjon Respublikasida tarqatilishi taqiqlangan va “Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan ma’lumotlarni joylashtirish holatlari bilan bog‘liq. 

“RIA Novosti tomonidan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan, tuhmat va separatistik tendensiyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarning tarqatilishi “Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzish hisoblanadi va Ozarbayjonning mazkur qonuni asosida mamlakatda ushbu agentlikning axborot internet-resursiga kirish cheklangan”, deyiladi vazirlik axborotida. 

Vazirlikning ta’kidlashicha, ushbu agentlik tomonidan bunday ma’lumotlarning tarqatilishi “birinchi marta emas va tizimli xususiyatga ega”. 

Avvalroq Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Leyla Abdullayeva Rossiya davlat axborot agentligi tomonidan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligiga qarshi, tuhmat va separatistik tendensiyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarning tarqatilishi Ozarbayjon va Rossiya munosabatlarida do‘stona ruhga to‘g‘ri kelmasligini aytgan edi.

“Davlat agentligining bu qadami Ozarbayjon Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 1997 yildagi Do‘stlik, xavfsizlik va strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma va 2022 yildagi Ittifoqchilik hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi va bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga qarshi qaratilgan, shuningdek, "separatchilik tahdidlariga qarshi turish” prinsiplariga ziddir”, deydi Abdullayeva. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya ommaviy axborot vositalari birinchi va ikkinchi Qorabog‘ urushlari huqidagi axborotlarda Yereven tarafini tutib, bundan qariyb 30 yil avval Ozarbayjon yerlari Armaniston tomonidan kuch bilan egallab olingani, ozar xalqiga nisbatan genotsid uyushtirilganiga ko‘z yumib, noxolis ma’lumot tarqatib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan kiritgan oltinchi sanksiyalar paketidan ham RIA Novosti jurnalistlari joy oldi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon RIA Novosti

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing