RFda suvosti apparatida yong‘in chiqdi. 14 nafar dengizchi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 1 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi hududiy suvlarida suv tubidagi ilmiy-tadqiqot apparatda yong‘in chiqishi oqibatida 14 nafar suv osti dengizchisi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“1 iyulda Rossiya hududiy suvlarida Harbiy-dengiz floti manfaatlari uchun okean tubida tabiat bo‘shlig‘ini o‘rganishga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot apparatida yong‘in chiqishi oqibatida 14 nafar suvosti dengizchisi zaharlanishdan qurbon bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, maxsus jamoaning harakati bilan yong‘in o‘chog‘i so‘ndirilgan.

Hozirda chuqur suvosti apparati Severomorskdagi harbiy-dengiz bazasida bo‘lib turibdi. Yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yong'in

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing