RF sog‘liqni saqlash vaziri samolyotda o‘zbekistonlik ayolga yordam ko‘rsatdi
Olam
−
06 mart 2019
5997Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova parvoz vaqtida O‘zbekiston fuqarosiga kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Veronika Skvorsova “Aeroflot” reysi bilan Moskva-Toshkent yo‘nalishida ketayotgan bo‘lgan. Parvoz vaqtida samolyotdagi o‘zbekistonlik ayolning tobi qochib, qorni og‘riy boshlagan. Samolyotda baland ovoz bilan shifokor kerakligi e’lon qilingan. Skvorsova ayolni ko‘zdan kechirgach, vaziyatni hayot uchun xavfli deb topmagan. Vazir doim o‘zi bilan olib yuradigan dori qutisidan dori olib bergan. Shundan so‘ng ayolning ahvoli yaxshilana boshlagan.
Qayd etilishicha, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan ketayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi