RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev may oyi oxirida O‘zbekistonga keladi
Olam
−
26 mart 2019
8205O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RF Hukumat Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh vazirlar muloqot davomida joriy yilning may oyi oxirida O‘zbekistonda Hukumat rahbarlari darajasidagi birinchi Qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi.
“Telefon muloqoti davomida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikka oid dolzarb masalalar va ikki mamlakat Hukumat rahbarlari darajasidagi birinchi Qo‘shma komissiya yig‘ilishiga tayyorgarlik ishlarini muhokama qildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya Qo‘shma komissiyasi RF prezidenti Vladimir Putinning 2018 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida tuzilgandi.
LiveBarchasi