Rejimga tahdid: Kim Chen In yirtiq jinsi kiyishga taqiq qo‘ydi
Olam
−
19 may 2021
8226Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In fuqarolarga yirtiq yoki tor jinsi kiyishni taqiqladi, uning fikricha bu rejim ag‘darilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Daily Mirror” xabar bergan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yoshlari chet el ta’siriga tushib qolishidan qo‘rqadi, shuning uchun ham taqiqlangan kiyimni kiyish ijtimoiy tuzumga tahdid belgisi sifatida qaraladi.
Shuningdek, KXDRda bo‘yalgan sochlar, pirsing va ekstravagant “antisotsialistik” soch turmaklari ham taqiqlandi. Mamlakat aholisiga soch turmaklashning cheklangan ro‘yxati taqdim etildi.
Qayd etilishicha, “The Rodong Sinmun” davlat gazetasi Kim Chen Inning yangiliklarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.
“Tarix bizga agarda o‘z hayot tarzimizga rioya qilmasak, mamlakat iqtisodiy va mudofaa qudratidan qat’i nazar, zaiflashishi va oxir-oqibat ho‘l devor kabi qulashi mumkinligi to‘g‘risida muhim saboq beradi”, deb yozilgan gazetada.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In joriy yilning aprel oyida mamlakatdagi vaziyat har qachongidan ham yomonroq ekanini tan olgandi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda KXDR aholisining 40 foizi oziq-ovqatga muhtoj yashagan.
LiveBarchasi