Restoranda qarzga ovqatlangan soliqchilarga xizmat tekshiruvi tayinlandi
3-sahifa
−
14 Sentabr
7282Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida soliq inspektorlari avvaliga restoranda qarzga yeb-ichib, pulini to‘lamasdan restoran egasini qamatgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Dastlabki o‘rganishda Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasining xodimlari joriy yilning 12 avgust kuni tumandagi “Xondamir farovonlik fayzi” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlangan va to‘lovni qarz sifatida yozdirib ketib (davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga zid), 14 avgust kuni qarz to‘langan.
“Xondamir farovonlik fayzi” MCHJning byudjetdan 8 272 730 so‘m soliq qarzi mavjudligi sababli soliq inspeksiyasi xodimlari Q.Normurodov va A.Mamatovlar 19 avgustda mol-mulk xatloviga borganida, jamiyat ish yurituvchisi A. Yangiboyev tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan.
“Shundan so‘ng soliq xodimlari ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni himoya qilish organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tumani sudi tomonidan jamiyat ish yurituvchisi A. Yangiboyevga 6 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi tayinlangan. Ushbu qarordan norozi bo‘lgan fuqaro A. Yangiboyevning arizasiga asosan apellyatsiya shikoyatidan so‘ng jazo chorasi 3 sutkaga kamaytirilgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Bildirilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
LiveBarchasi