Respublikachilar Baydenning aqliy qobiliyatidan shubhalanmoqda 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Respublikachilar partiyasining 60 dan ortiq a’zosi mamlakat Prezidenti Jo Baydendan aqliy qobiliyat testidan o‘tishni talab qildi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Aytilishicha, agar bu amalga oshmasa, u saylovoldi poygasidan voz kechishga chaqirilgan.

Shuningdek, respublikachi, Oq uyning sobiq shifokori Ronni Jekson kongressmenlarning Amerika yetakchisining kognitiv holatidan xavotirlari va uning mamlakatni yana bir muddat boshqara olishiga shubhalari haqida gapirgan.

“Biz jinsi, yoshi yoki siyosiy partiyasidan qat’iy nazar, barcha prezidentlar sog‘lom aqliy salohiyat haqidagi hujjatni taqdim etishi kerak, deb hisoblaymiz”, deyiladi qonunchilar maktubida.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing