Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan qator faoliyat turlariga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan qator faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Xususan, O‘zbekistonda Damas rusumli (va boshqa turdagi barcha) avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish, karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Biznes-ombudsman Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Biznes-ombudsman tashabbusi bilan Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilgan mazkur faoliyat turlari belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirishlari shart.

Avvalroq, 28 yanvardan konsert dasturlari o‘tkazish ruxsat berilgandi va umumiy ovqatlanish muassasalarining ish vaqtiga o‘rnatilgan cheklov bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing