Respublika “GAI” rahbari lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
18 iyul
17622Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Olim Saidov Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining o‘rinbosari – Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2019 yil noyabr oyidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. O‘tgan yili Olim Saidovga hayfsan berilgandi.
LiveBarchasi