YHXXga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sherzod Ibragimov tayinlovga qadar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2019 yildan bugungi kungacha IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan polkovnik Olim Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati Sherzod Ibragimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing