Reshford La Liga klubi bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
21 yanvar
4482Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshfordni ijaraga olmoqchi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” “Manchester Yunayted” bilan angliyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olish borasida kelishib oldi. Ammo “ko‘k-anorranglilar” uchun Markusning maoshi katta muammoga aylanmoqda. U yiliga 18 million yevro talab qiladi. “Barselona” olti oylik ijaraga olgan taqdirda, futbolchiga 9 million yevro to‘laydi. Futbolchi maoshining yarmini “Manchester Yunaytded” to‘lab berishga rozi.
Shunga qaramay, “Barselona” La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilishi va vingerni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun maoshlar ro‘yxatida joy bo‘shatilishi kerak. Shu sababdan, klub tarkibdagi birorta futbolchini sotib yuborishi lozim. Flik rejasiga kirmagan Fati jamoadan ketmoqchi emas. Ayni damga kelib jamoani tark etishga yaqin turgan futbolchi bu Erik Garsiya. Garsiyaga “Jirona” qiziqmoqda. Klub himoyachi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 10 million yevro to‘lamoqchi. “Barselona” agar Erikni sotadigan bo‘lsa, Reshfordni ijaraga olish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Reshford “Manchester Yunayted” safiga 2016 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Markusning narxi “Transfermarkt” portalida 55 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi