Reshford faoliyatini Ispaniya grandida davom ettiradigan bo‘ldi
Sport
−
23 yanvar
3205“Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klubini o‘zgartirib, “Barselona”ga o‘tadi. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.
Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar imzolanadi. Kataloniyaliklar allaqachon forvard bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan, biroq kelishuvni yakunlash uchun klub maoshlar hisobini rasmiylashtirishi kerak. Reshfordning o‘zi “Barselona”ga o‘tishga qaror qildi va “ko‘k-anorranglilar” safiga qo‘shilish uchun transfer oynasi oxirigacha kutadi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Reshford “Manchester Yunayted” futbolchisi hisoblanadi. U “qizil iblislar” safida 426 ta o‘yin o‘tkazib, 138 ta gol urgan va 63 ta golga assistentlik qilgan. Hozirda Angliya chempionatida “Manchester Yunayted” 26 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
LiveBarchasi